Xorazm viloyatida “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ish faoliyati samaradorligini yana-da oshirish maqsadida joriy yilning 15 oktyabr kunidan 15 noyabr kuniga qadar “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi Farmoyishi eʼlon qilingan bo‘lib, shu asosida ayni kunlarda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ichki ishlar organlarining patrul-post va jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan shug‘ullanuvchi sohaviy xizmatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yana-da kuchaytirildi.
Joylarda profilaktik tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilib, asosiy eʼtibor oila-turmush doirasidagi nizolarni oldini olish, bezorilik va o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir bo‘lishiga olib keluvchi omillarga chek qo‘yish, shuningdek yo‘llarda harakatlanishni namunali tarzda tashkil etish borasida aholi orasida keng miqiyosda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.
Targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirishda televideniya, radio, bosma matbuot, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanish bilan birgalikda barcha shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalari, bozorlari hamda hiyobonlarida yirik o‘lchamdagi banner, panno va monitorlar o‘rnatilib, aholiga bukletlar tarqatilmoqda.
Jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda ichki ishlar organlari va keng jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi samaradorlik garovi ekanligidan kelib chiqib, barcha yurtdoshlarimizdan mazkur oylik davomida faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati