21 Iyun 2023 yil 1597

Xorazm viloyatida “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida Urganch davlat universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, Xorazm viloyatida “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazishga start berilgan edi. Targ‘ibot tashviqot tadbirlari doirasida navbatdagi uchrashuv Urganch davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Muloqotlar davomida dastlab kiberjinoyatchilikni oldingi olishga qaratilgan choralar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, bugungi kunda kiberxavfsizlik tushunchasining ko‘lami faqatgina axborot texnologiyalari sanoatida axborotni himoyalash emas, balki kibermakon kabi mobil to‘lovlar, elektron savdo-sotiq va internet bank kabi eng so‘nggi texnologiyalar ham yuqori darajadagi xavfsizlikni talab etayotganligi aniq misollar orqali tushuntirildi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu boradagi targ‘ibot ishlarini kengaytirishga asosiy eʼtibor qaratildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

“Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech