24 Yanvar 2021 yil 1171

Xorazm viloyatida ko‘p miqdordagi psixotrop dori vositasining noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

2021 yil 23 yanvar kuni Xorazm viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida, 1982 y.t. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida yashovchi fuqaro S.K. va 1978 y.t. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida yashovchi fuqaro E.Sh. oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Urganch tumani “Cholish” qishlog‘i hududida joylashgan “Cholish” YPX maskani yonida tadbirga jalb qilingan maxsus xaridor IIB xodimiga polietilen sumkaga solingan 2.000.000 konvalyuta “Tramadol Lannaxer” giyohvandlik vositasini 24.000 AQSH dollariga kelishib, oldindan 9.500 AQSH dollarini olib, ushbu psixotrop dori vositasini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ko‘lga olinib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech