25 Mart 2021 yil
684
Xorazm viloyatida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar
Bugun Xorazm viloyatida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktik yo‘nalishdagi turli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari, profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan mahallalarda va mehnat jamoalarida profilaktik hamda xafta davomida qayd etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar muhokamasiga oid uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.
Uchrashuv va davra suhbatlarida mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillarining ishtirok etayotganligi profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini yana-da oshirmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati