Xorazm viloyatida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi
Bugun, 16 iyun kuni Xorazm viloyatida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktik yo‘nalishdagi turli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari, profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar hamda inspektor-psixologlar tomonidan mahallalarda, mehnat jamoalarida va taʼlim muassasalarida profilaktik hamda xafta davomida qayd etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar muhokamasiga oid uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.
Jumladan, Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik D.Bog‘ibekova va viloyat IIB xodimi mayor E.Safayevlar tomonidan Urganch davlat universiteti talabalari va o‘qituvchi-pedagoglari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Boshqarma xodimlari “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish”, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari”, “Diniy ekstremizm va uning salbiy oqibatlari” mavzulari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek ishtirokchilarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir boshqa savollariga ham batafsil javob berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati