Xorazm viloyatida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi
Bugun, 10 noyabr kuni Xorazm viloyatida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktik yo‘nalishdagi turli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari, profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar hamda inspektor-psixologlar tomonidan mahallalarda, mehnat jamoalarida va taʼlim muassasalarida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak”, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” kabi mavzularda davra suhbatlari o‘tkazildi. Nizoli va ajrim yoqasiga kelgan oilalarni yarashtirish maqsadida o‘tkazilgan suhbatlar natijasida bir necha oilalarning yarashuvi taʼminlandi.
Uchrashuv va davra suhbatlarida mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillarining ishtirok etayotganligi profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini yana-da oshirmoqda.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan shaxslar, shu jumladan xotin-qizlarni doimiy ish bilan band qilish, masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, ish beruvchilar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilib, bir necha fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi.
Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid targ‘ibot bukletlari aholiga tarqatildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati