2 Iyul 2020 yil 857

Xorazm viloyatida xafta davomida qayd etilgan jinoyatlar jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi

Sodir etilgan har qanday jinoyat uchun jazoning muqarrarligini taʼminlash, kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan shu turdagi jinoyatlarning oldini olishda qanchalik muhim rol o‘ynasa, ushbu jinoyatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish ham shunchalik muhim rol o‘ynaydi.

Ana shundan kelib chiqqan holda, Xorazm viloyatida sodir qilingan har qanday og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi yoxud aholi o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyatlar keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama etilishi qatʼiy yo‘lga qo‘yilgan.

Bu kabi muhokamalar asosan “Payshanba –huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida o‘tkaziladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari qatoridan o‘rin oladi.

Xorazm viloyatida so‘nggi bir xafta davomida sodir etilgan jinoyatlar         2 iyul – payshanba kuni jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi.

Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik S.Raximov va hududiy ichki ishlar organlari hamda tegishli sektor rahbarlari ishtirok etgan muhokamalarda jinoyatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan asosiy omillarni aniqlash va sodir qilingan jinoyat kelgusida boshqa bir jinoyatga yo‘l ochishini oldini olish masalalari atroflicha o‘rganilib, jinoyatni barvaqt oldini olishga bevosita masʼul bo‘lgan xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qo‘llash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech