Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Turizm va transport obyektlaridagi faoliyat bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi va Xiva shahrida joylashgan “Ichan qalʼa” muzey qo‘riqxonasida bo‘lib, u yerda xodimlarning sayyohlar va tarixiy obidalar xavfsizligini taʼminlash faoliyatini o‘rganib, zarur ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Xorazm viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi va uning “Xiva” bekatiga tashrif buyurib, xodimlar bilan xizmat intizomi va qonunchilikka qatiy rioya qilish, yuklatilgan vazifalarni alo darajada bajarish hamda salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan rahbariy tavsiya va topshiriqlar berdi.
Sohaviy xizmatlarda shaxsiy tarkibni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish jarayonida kelgusida bu boradagi ishlarni yana-da takomillashtirish belgilab olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati