26 Yanvar 2021 yil 638

Xorazm viloyatida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida “IIB boshlig‘i kubogi” uchun sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi ishlar yangi va qizg‘in bosqichga chiqqan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘z navbatida aholini ommaviy sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun qulay va zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan maqsadli va manzilli ishlar olib borilmoqda.

Hududiy ichki ishlar organi boshliqlari ayni paytda 3-sektor rahbari sifatida sektor hududida turli sport to‘garaklarini tashkil etish,  sport musobaqalarini o‘tkazishda ham tashabbus ko‘rsatib kelmoqdalar.  

Jumladan, Shovot tumani yoshlari sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha, Hazorasplik qizlar “Voleybol” bo‘yicha, o‘g‘il bolalar esa “Basketbol” bo‘yicha, Tuproqqalʼa tumani yoshlari esa “Voleybol” va “Stol tennisi” bo‘yicha  “IIB boshlig‘i kubogi” uchun o‘tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etdilar.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etganlar kubok, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xorazm viloyati Axborot xizmati

Text to speech