Yangiariq tumani IIB da “Intizom oyligi” doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar
Ayni kunlarda Xorazm viloyati IIB hamda uning hududiy va sohaviy xizmatlarida “Intizom oyligi” doirasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan manzilli va maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
15-iyun kuni Yangiariq tumani IIB da bo‘lib o‘tgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham aynan “Intizom oyligi” doirasida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan o‘tkazildi.
IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti va viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Yangiariq tumani IIB shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari, oila aʼzolari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda so‘z olgan har bir xodim bugungi kunda yurtimizda tinchlik osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlariga katta masʼuliyat va ishonch bildirilganligi, bu boradagi ishonchni oqlash uchun har bir xodim avvalo xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi lozimligini taʼkidlab o‘tdilar.
Xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etgan holda o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish borasida hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga rahbariyatning tashakkurnomasi topshirildi.
Uchrashuvdan so‘ng masʼul xodimlar tuman ichki ishlar bo‘limida xodimlarning faoliyat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning ish yurituvidagi hujjatlar bilan yaqindan tanishib, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga oid tavsiya va ko‘rsatma berdilar.
Profilaktika inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanish tartibi ham ishchi guruh eʼtiboridan chetda qolmadi, profilaktika inspektorining xizmat uyi mahallada yashovchi boshqa oilalar uchun “Eng fayzli xonadon” etaloni bo‘lishi kerakligi aloxida taʼkidlandi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati