25 Yanvar 2024 yil
3505
Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Xorazm viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan shaxsiy tarkibni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar viloyat IIB Tibbiyot bo‘limida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda tor doiradagi malakali tibbiy mutaxassislar ham ishtirok etganligi, ayrim kasalliklarning barvaqt oldini olish va davolash imkonini yaratdi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati