18 Yanvar 2024 yil 4218

Xorazm viloyatida sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik R.Ishniyozov huzurida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2023-yil davomida viloyatimizga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash, mehmonxonalarda va mehmon uylarida nostandart vaziyatlar kelib chiqishining oldini olish, tinchlik osoyishtalikni ta’minlash orqali viloyatning sayyohlik borasidagi jozibadorligini oshirish, shuningdek shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob etilib, mazkur yo‘nalishda 2024-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilishi yakunida hisobot yilida yuqori natijalarni qayd etgan xodimlarga faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech