9 Noyabr 2022 yil 398

Terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi 

Xorazm viloyatida yashovchi 23 yoshli Aziza Sobitova (ism familiyasi o‘zgartirilgan) Internet tarmog‘idan foydalanishi davomida Suriya davlatidagi xalqaro terroristik tashkiloti “jangari”larining taʼsiriga tushib, ularning safiga chiqib ketayotgan vaqtda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi.

Shu bilan birga, A.Sobitova o‘zining tanishlariga diniy daʼvatlar qilib, Internet tarmog‘i orqali ularga “jangari”larning qo‘poruvchilik faoliyati aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgan.

A.Sobitovaga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech