22 Mart 2024 yil 2307

Litseyda bayram shukuhi

IIV Xorazm akademik litseyida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni litsey direktori, podpolkovnik L.Yaqubov ochib, Navro‘z bayrami o‘zbek xalqining ko‘p yillik qadriyatlarini o‘zida namoyon qiluvchi, milliy anʼanalarini aks ettiruvchi ulug‘ ayyom ekanligini taʼkidlab o‘tdi va yig‘ilganlarni samimiy qutladi.

Tadbirda o‘quvchilar arqon tortish, tosh ko‘tarish, qo‘l qayirish singari milliy sport o‘yinlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Shuningdek, ular guruhlarga bo‘lingan holda qo‘l mehnatii bilan yasalgan buyumlar hamda milliy liboslar ko‘rgazmasini ham namoyish etishdi. 

Bayram tadbirida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, litsey rahbariyatining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri

Text to speech