30 Mart 2024 yil 6788

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar

Joriy yilning 29 mart kuni Xorazm viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi masʼul xodimlariga biriktirilgan Xiva shahri va Xiva tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan yoshlar ishtirok etgan ushbu uchrashuv kun tartibidagi asosiy masala yoshlarni ish bilan taʼminlash bo‘lganligi sababli, taalluqli hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari masʼul xodimlari ham taklif etildi.

Uchrashuv davomida ishsiz yoshlarga korxona, tashkilot va muassasalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida maʼlumot berilib, ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari, yoshlarning qiziqtirgan savollari yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech