9 Aprel 2024 yil 6598

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ravshan Irkinovich Sultanxodjayevning Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi

 Assalomu alaykum!

Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlarini, sohamiz faxriylarini hamda xizmat vazifasini bajarish paytida halok bo‘lgan safdoshlarimizning oila aʼzolarini ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

El-yurtimiz uchun insonparvarlik, sabr-qanoat, xayru saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan ushbu qutlug‘ bayram kunlarida barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Ramazon oyida mehr-muruvvat, ehtiyojmand oilalarga har tomonlama ko‘mak va yordam ko‘rsatish, hayot tashvishlari va muammolarini birgalikda, o‘zaro yelkadosh bo‘lib hal etishdek olijanob qadriyatlarimiz yana-da rivojlandi.

Shu o‘rinda butun dunyoda notinchlik, qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan hozirgi davrda yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikni saqlash maqsadida kechayu-kunduz masʼuliyat bilan xizmat qilayotgan ichki ishlar va barcha huquq-tartibot organlari xodimlariga yurtdoshlarimizning ushbu muqaddas oyda qilgan ezgu duolari cheksiz kuch-quvvat berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qadrli hamkasblar, aziz faxriylar!

Ushbu barokatli va nurafshon kunda sizlarni yana bir bor azizu mukarram Ramazon hayiti bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Moʻtabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolaringiz ijobat bo‘lsin!

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i,

polkovnik

Ravshan Irkinovich Sultanxodjayev

Text to speech