2 May 2024 yil 6616

Gumondorning yonida giyohvandlik vositasi, uyida pnevmatik to‘pponcha borligi aniqlandi

Respublikamizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish maqsadida eʼlon qilingan “Qoradori-2024” tezkor-profilaktik tadbirining birinchi bosqichi doirasida Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Urganch shahrida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.

Jumladan, Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1983 yilda tug‘ilgan B.S. joriy yilning 1 may kuni shaharning Navbahor ko‘chasida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatilib, xolislar ishtirokida yonlari ko‘zdan kechirilganida, cho‘ntagida 4 ta gugurt qutisi va 1 ta polietilen paketga solingan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi maʼlum bo‘ldi.

Shundan keyin B.S. ning xonadonida tegishli tartibda o‘tkazilgan tintuv jarayonida “marixuana” giyohvandlik vositasi, uni isteʼmol qilish uchun moslashtirilgan idishlar va pnevmativ to‘pponchani noqonuniy tarzda saqlab kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech