7 May 2024 yil 6271

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi va Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandumga ko‘ra Mudofaa vazirligining Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi hamda Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyi belgilangan maqsad va vazifalarining izchil amalga oshirilishini taʼminlash borasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish nazarda tutilgan.

Xususan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning taraqqiyotiga mos va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, taʼlim dasturlarini, o‘quv-uslubiy va normativ materiallarni takomillashtirib borish, taʼlim jarayonining sifatini va natijalarini tizimli tahlil qilish, kadrlarni zamonaviy talablar asosida kasbiy kompetensiya va layoqatlarini rivojlantirish borasida uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Shundan keyin ikki litsey o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat va o‘zaro do‘stlik muhitini yaratish maqsadida matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech