9 Avgust 2024 yil 3545

Yangiariq tumani IIB da Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev raisligida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 8 avgust kuni Yangiariq tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘ini o‘qib eshittirdi.

Ushbu buyruqqa ko‘ra IIV Akademiyasining magistranti podpolkovnik Jurat Madrimov Yangiariq tumani  IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek boshqarma boshlig‘i yig‘ilish ishtirokchilarini podpolkovnik Jurat Madrimovning xizmat faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumot bilan tanishtirdi.  

Shundan keyin boshqarma boshlig‘i bugungi kunda tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholi xavfsizligi taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tib, kelgusida huquq-tartibot va nazorat organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali samaradorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda tinchlik va osoyishtalik, taraqqiyot va farovon hayot asosi ekanligini barcha insonlar chuqur anglab yetishi lozimligini taʼkidlab o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida podpolkovnik Jurat Madrimov Yangiariq tumani IIB boshlig‘i sifatida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘zining rejalarini bayon qilib, bu bora bor kuch va bilimini safarbar etishini, tuman IIB da xizmat va ijro intizomini mustahkamlashini bildirib o‘tdi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, viloyat IIB boshlig‘i Yangiariq tumani IIB maʼmuriy binosidagi mavjud shart-sharoitlar va unga tutash hududlarni  obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, zarur topshiriqlar berdi.   

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech