Sher hayvonot bog‘iga topshirildi
Urganch shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan, S.E. shahar chekkasidagi o‘ziga tegishli ishlab chiqarish binosi hududida sher hayvonini qonunga xilof ravishda saqlab, parvarishlab kelayotganligi to‘g‘risida olingan maʼlumotlarga ko‘ra, 2024 yil 18 avgust kuni Xorazm viloyat IIB va Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan mazkur ishlab chiqarish binosi hududi ko‘zdan kechirilganida, haiqatan ham bino hududida maxsus qafasda 3 yashar sher saqlanayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv jarayonida sherni parvarishlab kelayotgan shaxs uni 2023 yilda Xonqa tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan O‘.Sh. dan 3 000 AQSH dollariga sotib olganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 92-moddasi ko‘ra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, huquqbuzarlarga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi.
Qafasda saqlab kelingan sher esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hayvonot bog‘iga topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati