23 Sentyabr 2024 yil 10164

IIV vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligida Xorazm viloyati IIBda yig‘ilishi o‘tkazildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov huzurida Xorazm viloyati IIB hamda uning quyi tizimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish videokonferensiya ko‘rinishida o‘tkazilib, viloyat studiyasidan boshqarma boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev sohaviy xizmat rahbarlari, bo‘linma boshliqlari, hamda viloyat xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan Vazir o‘rinbosari Xorazm viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini taʼminlash borasida hamda ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni nazorat tartibida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida IIV masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh o‘z faoliyatini boshlaganligini maʼlum qilib, barcha masʼul xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarishga masʼuliyat bilan yondashishlari lozimligini taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida tizimda xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonuniylikni taʼminlash, mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, zamonaviy ilg‘or texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish va boshqa masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Vazir o‘rinbosarining Xorazm viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech