24 Sentyabr 2024 yil 11059

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximovning Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanidagi o‘rganishlari tafsilotlari

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani IIB faoliyati hamda  tuman hududida jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishib, zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Tuproqqalʼa tumani IIB faoliyati ko‘zdan kechirilib, tuman IIB tezkor-tergov guruhining jangovar shayligi tekshirildi. Vazir o‘rinbosari shaxsiy tarkib tomonidan,  xizmatni tizimli ravishda masʼuliyat va hushyorlik bilan tashkil etilishiga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mazkur tumanda  ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar nazorat tartibida o‘rganilib, IIV masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Vazir o‘rinbosarining Xorazm viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech