8 Oktyabr 2024 yil 11051

Xorazm viloyati IIBda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedovning faxriylar bilan uchrashuvi tashkil etildi

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vazir o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov, boshqarma boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi isteʼfodagi polkovnik Rustam Rahimov, Faxriylar kengashi raisi istʼfodagi polkovnik Aminboy Tojiyev, shuningdek, shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va faxriylar kengashi raislari hamda 200 nafarga yaqin soha faxriylari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda faxriylarning muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda munosib shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faxriylarning boy tajribalaridan keng foydalanish, bu borada Xorazm viloyatida kriminogen vaziyati murakakab bo‘lgan mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlariga tajribali faxriylarni maslahatchi-murabbiy sifatida biriktirish tajribasini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish, ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech