30 Noyabr 2024 yil 2772

Gumondorning yonida 2,59 gramm “opiy” giyovandlik vositasi borligi maʼlum bo‘ldi.

Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan giyovandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida Qo‘shko‘pir tumanida ro‘yxatda turib, vaqtinchalik Urganch shahrida istiqomat qilib kelayotgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, 1980 yilda tug‘ilgan E.K. uyi oldida gumondor tariqasida to‘xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi sport shimining cho‘ntagida vazni 2,59 gramm bo‘lgan “opiy” giyovandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab qo‘yganligi maʼlum bo‘ldi.

Shundan keyin gumondorning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida giyovandlik vositasini isteʼmol qilish uchun mo‘ljallangan buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech