IIV Xorazm akademik litseyi o‘quvchilari "Elektron o‘q otish tiri" bilan tanishdilar
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i huzurida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda qabul qilingan qaror ijrosini taʼminlash hamda IIV Xorazm akademik litseyi o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ishlab chiqilgan reja-dasturga asosan 2-dekabr kuni litsey o‘quvchilari viloyat IIB ning “Elektron o‘q otish tiri” bilan tanishtirildi.
Tanishtiruv davomida o‘quvchilarga mutaxassislar tomonidan “Elektron o‘q otish tiri”da yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qotar qurollarning taktik-texnik xususiyatlari hamda o‘q otish mashg‘ulotlarining tartib-qoidalari to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Bundan tashqari, o‘quvchilar quroldan elektron o‘q otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok qildilar. Tadbir o‘quvchilarda unutilmas taassurot qoldi.
Bu kabi tadbirlar yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishi shubhasiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati