21 Dekabr 2024 yil 4008

Pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatlarning oldi olindi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor  tadbirlar davomida, 2007 yilda Urganch shahrida tug‘ilib, Urganch shahriningJingovuz” mahallasida yashab kelayotgan, 2007 yilda tug‘ilgan, B.B. Urganch mahallasi “Xalq so‘zi” ko‘chasida piyoda harakatlanib borayotgan vaqtida, olingan tezkor maʼlumotlar asosida, to‘xtatilib, qo‘lida bo‘lgan sumka tekshirilganida 170 pachkada qadoqlangan 9350 dona “Treniya” yozuvli pirotexnika vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu pirotexnika vositalari belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, shu kuni viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan, 2007 yilda Xiva tumanida tug‘ilib,  shu tumanning “Sayot” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan, I.S. Urganch shahar Yangi hayot mahallasi hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganida, jami 12 650 donadan iborat bo‘lgan 230 quti Treniya” yozuvli pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda olib borayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati Axborot xizmati

Text to speech