4 Fevral 2025 yil 3849

“TANLOVGA MARHAMAT”

XORAZM VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI BAKALAVRIATINING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLIGA O‘QISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI

 

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.

Tanlovda bo‘yi 165 (bir yuz oltmish besh) santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar hamda 160 (bir yuz oltmish) santimetrdan past bo‘lmagan ayollar yoshi o‘n yettidan kichik yigirma beshdan katta bo‘lmagan o‘rta, o‘rta maxsus, o‘rta professional ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish muddati 3 yilni tashkil qiladi.

Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlariga o‘zlari bilan fuqarolik pasporti, shahodatnoma, diplom, umumta’lim maktabi yoki litsey bitiruvchilari tahsil olayotgan ta’lim muassasalaridan ma’lumotnoma olib kelishlari shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 04-fevral kunidan 20-mart kuniga qadar qabul qilinadi. Belgilangan kunlardan tashqari murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

 

Manzil: IIV Xorazm akademik litseyi

Murojaat uchun telefon: 62-220-42-05

Text to speech