“TANLOVGA MARHAMAT”
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI XORAZM AKADEMIK LITSEYIGA O‘QISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA NOMZODLAR TANLOVI BOSHLANDI
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan IIV Xorazm akademik litseyiga o‘qishga umumtaʼlim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Tanlovda IIV Xorazm akademik litseyda o‘qish istagini bildirgan, umumtaʼlim maktablarining 9-sinfida o‘qiyotgan nomzodlar ishtirok etadi.
Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyida o‘qish muddati 2 yilni tashkil qiladi.
Murojaat etuvchi nomzodlar ota-onalari ishtirokida, Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi hamda fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma olib kelishlari shart.
O‘qishga qabul qilishda tanlovlarning bosqichlari
IIVning akademik litseylariga tanlovlar 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich-dastlabki tanlov bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) dastlabki suhbat;
2) individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari, individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganish natijalaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi;
3) tibbiy komissiya ko‘rigi, tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
Ikkinchi bosqich-maxsus professional tanlov bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash (diktant);
2) jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov;
3) yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish .
Uchinchi bosqich-test sinovlari.
Test sinovlari belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan umumtaʼlim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Test sinovi o‘tkaziladigan fanlar:
Tarix;
Chet tili;
Ona tili va adabiyot fanlarini o‘z ichiga oladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 05-fevral kunidan 15-aprel kuniga qadar qabul qilinadi. Belgilangan kunlardan tashqari murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Manzil: Urganch shahar, Egam Raxim ko‘chasi, 77-uy (IIV Xorazm akademik litseyi).
Murojaat uchun telefon: 62-224-77-48