“TANLOVGA MARHAMAT”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUQUQNI MUHOFAZA QILISH AKADEMIYASIGA “TERGOV FAOLIYATI” YO‘NALISHIDA O‘QISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA NOMZODLAR TANLOVI BOSHLANDI
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga o‘rta va o‘rta-maxsus maʼlumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Tanlovda bo‘yi 165 (bir yuz oltmish besh) santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar hamda 160 (bir yuz oltmish) santimetrdan past bo‘lmagan ayollar yoshi o‘n yettidan kichik va yigirma besh yoshdan katta bo‘lmagan, o‘rta va o‘rta-maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolar, IIV akademik litseyi va harbiy akademik litsey bitiruvchilari, shuningdek, umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etadi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida o‘qish muddati 3 yilni tashkil qiladi.
Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlariga o‘zlari bilan fuqarolik pasporti, shahodatnoma, diplom, umumtaʼlim muassasalari yoki litsey bitiruvchilari tahsil olayotgan taʼlim muassasalaridan maʼlumotnoma olib kelishlari shart.
Manzil: Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Sport markazi.
Mo‘ljal: Xorazm viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi yon tomoni.
Murojaat uchun telefon: 62-220-42-05, 99-502-02-85