4 Aprel 2025 yil
1599
Umumtaʼlim maktabining o‘quvchilari IIV Xorazm akademik litseyi bilan tanishtirildi
Xorazm viloyati ichki ishlar organlari tomonidan maktablarga tashkiliy va tarbiya-metodik jihatdan manzilli ko‘maklashishga oid chora-tadbirlar dasturiga asosan Urganch shahridagi 8-son umumtaʼlim maktabning 9-sinf o‘quvchilari IIV Xorazm akademik litseyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shu yerning o‘zida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha "Huquqiy ong va huquqiy madaniyat" mavzusida “mahorat darsi” o‘tkazildi.