9 Aprel 2025 yil 926

IIV Akademiyasi kursantining sheʼriy kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 8-aprel kuni Xorazm viloyatida "To‘maris" jamoat fondi aʼzolarining ilmiy-amaliy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda IIV Akademiyasining 3-bosqich kursanti, "To‘maris" jamoat fondining faol aʼzosi Skarlett Ishniyozova ijodiga mansub “Ehtirom” nomli sheʼriy kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda muallif “Ehtirom” nomli yangi sheʼriy kitobi ona Vatani — O‘zbekistonga bo‘lgan cheksiz mehri tufayli yaratilganligini, shu bois kitobidagi sheʼrlarning aksariyatida Vatanni madh etganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Taqdimot yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva hamda "To‘maris" jamoat fondi rahbari Sharqiya Eshjanovalar havaskor shiora Skarlett Ishniyozovaning ijodiga yuksak baho berib, ijodiy muvaffaqiyatlar tiladilar.

Text to speech