“TANLOVGA MARHAMAT”
XORAZM VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI NUKUS “TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYIGA O‘QISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik
litseyiga o‘qishga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Tanlovda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘qish istagini
bildirgan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfida o‘qiyotgan, (o‘g‘il
bola) nomzodlar ishtirok etadi.
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘qish muddati 2 yilni tashkil qiladi.
Murojaat etuvchi nomzodlar ota-onalari
ishtirokida, Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlariga tug‘ilganlik haqidagi
guvohnomasi hamda fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan maktab
direktori tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma olib kelishlari shart.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 10-aprel kunidan 30-aprel kuniga qadar qabul
qilinadi. Belgilangan kunlardan tashqari murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Manzil: Urganch shahar Islom Karimov ko‘chasi 1-uy.
Mo‘ljal: viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi yon tomoni.
Murojaat uchun telefon: 62-224-77-48, 62-224-77-49, 99-502-02-85