20 Aprel 2025 yil
838
Boshqarma boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Yangibozor tumanining "Yuqoriboshqir" mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Mavjud muammolarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.