22 Aprel 2025 yil
523
IIV Xorazm akademik litseyi turnir g‘olibi bo‘ldi
2025-yil 21-aprel kuni Urganch shahrida O‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Turnirda viloyatimizdagi o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilaridan iborat 42 ta jamoa ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasi IIV Xorazm akademik litseyi;
2-o‘rin: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti akademik litseyi;
3-o‘rin: Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyi jamoalari egallab, turnirning respublika bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.