O‘quvchilar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
Urganch shahridagi 8-son umumtaʼlim maktabi o‘quvchilarini sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda o‘quvchilar o‘rtasida sportning voleybol turini ommalashtirish maqsadida musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa qizg‘in, murosasiz shu bilan birgalikda o‘zaro do‘stona ruxda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash jarayoni ham yuqori saviyada tashkil etildi.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan har bir jamoaning musobaqadagi ishtirokida alohida eʼtirof etildi va ularga tegishli darajadagi diplom, medal va esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Bu kabi musobaqalar yoshlarning sportga qiziqishini oshirish bilan birgalikda kelgusida professional sportchilarni yetishtirish va terma jamoalar uchun seleksiya qilish imkoniyatlarini xam yaratadi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati