29 Aprel 2025 yil 1146

“TANLOVGA MARHAMAT"

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIGA, O‘QISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘qishga, umum ta’lim muassasalarining 4-sinfni tamomlagan, harbiy xizmatchi, xodimlar va fuqarolarning (o‘g‘il bolalar) farzandlarining hujjatlari rasmiylashtiriladi.

Murojaat etuvchi nomzodlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlariga o‘zlari bilan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan ta’lim muassasalaridan ma’lumotnoma olib kelishlari shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar qabul qilinadi. Belgilangan kunlardan tashqari murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

 

Manzil: Xorazm viloyati IIB Sport markazi.

Mo‘ljal: Xorazm viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi yon tomoni.

Murojaat uchun telefon: 62-220-42-05, 97-606-06-33

Text to speech