4 May 2025 yil 122

Boshqarma boshlig‘ining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun, 4 may kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Xonqa tumanining “Ezgulik” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.

Mavjud muammolarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech