18 May 2025 yil
1086
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Qo‘shko‘pir tumanining “Chamanzor” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Mavjud muammolarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati