O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan fuqarolarning ichki ishlar organlaridagi tergov va surishtiruv faoliyati bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslardan 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida taalluqli masʼullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, huquqiy tushuntirish berildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar esa zudlik bilan tegishliligi bo‘yicha yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati