Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan yosh xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab ichki ishlar organlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar oyligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarni zamon talablariga mos professional kadrlar sifatida shakllantirish hamda ularni xizmat qasamyodiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 18-iyun kuni Bog‘ot tumani Ichki ishlar bo‘limida yosh xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda ichki ishlar tizimida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ularni ijtimoiy-huquqiy qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida suhbatlashildi.
Shuningdek, uchrashuvda viloyat IIB boshlig‘ining maslahatchisi ishtirok qilib, yosh xodimlarga huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda bor kuch va g‘ayratlarini ayamasdan xizmat qilishlari hamda ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishlarini, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi bilan yondashishlari lozimligini taʼkidlab o‘tdi.
O‘zaro ishonch va samimiylik ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yosh xodimlar va ularning oila aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar eshitilib, atroflicha tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida xizmatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelayotgan fidoyi yosh xodimlar va ularning ota-onalariga boshqarma rahbariyatining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati