Xorazm viloyati IIB Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlarining kasbiy malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
Unda bevosita ishtirok etgan IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi, IIV Akademiyasi hamda Toshkent shahar IIBB EKM mutaxassislari hodisa joyini ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni olish, qadoqlash hamda tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davomida kriminalistik-texnik vositalarni qo‘llash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazishdi.
Shuningdek, sud fotografiyasining umumiy qoidalari, tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari isbotlov bazasining shakllantirishdagi ahamiyati, portlash va yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq voqea joylarini ko‘zdan kechirish, tintuv va tergov eksperimentini o‘tkazish bo‘yicha nazariy maʼlumotlar berildi.
Yakunda IIB Ekspert-kriminalistika xizmatining barcha xodimlariga “Hodisa joyini ko‘zdan kechirish” bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati