11 Iyul 2025 yil 214

Xizmat intizomi va qonun ustuvorligini taʼminlash belgilab olindi

Joriy yilning 11-iyul kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar boshliqlari va boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Shuningdek, yig‘ilishda YHXB, JTSB va hududiy ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi videokonferens aloqa tartibida qatnashdi.

Ichki ishlar organlarida xizmat intizomiga rioya qilish va qonun ustuvorligini taʼminlash, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala sifatida muhokama etildi.

Ushbu masala yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan barcha ustuvor vazifalarni Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida so‘zsiz ijro etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olinganligini taʼkidlab, sohada korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha manzilli va maqsadli ishlar amalga oshirilayotganligini aytib o‘tdi. Shu bilan birgalikda “ustoz-shogird” anʼanasi asosida yosh xodimlarga malakali xodimlar va masʼul rahbarlarni biriktirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.  

Shundan keyin IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Xorazm viloyati bo‘yicha hududiy bo‘limi masʼul xodimi so‘nggi kunlarda respublikaning turli hududlarida va sohalarida qayd etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar hamda oqibatlari to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech