10 Avgust 2025 yil
335
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi
10-avgust kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan boshqarma maʼmuriy binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq o‘ttizdan ortiq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Murojaatlarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar esa alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati