17 Avgust 2025 yil
282
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi
17 avgust kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan boshqarma maʼmuriy binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq o‘ttizdan ortiq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Murojaatlarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar esa alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 4 nafar yurtdoshlarimizga shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati