Xorazm viloyati IIB boshlig‘i huzurida Urganch shahrida jinoyatchilikni jilovlash masalasi muhokama etildi
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan 24-avgust kuni Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasida masʼul xodimlar ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Urganch shahrida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar tahlil etildi.
Tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Urganch shahar IIB masʼul xodimlari hamda idoraviy nazorat va amaliy yordam uchun biriktirilgan viloyat IIB masʼul xodimlarining hisobotlari eshitildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida Urganch shahrida oldini olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar salmog‘i keskin ortib ketishiga yo‘l qo‘ygan masʼul xodimlarning intizomiy javobgarlik masalasi belgilandi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra Urganch shahrining kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalariga shahar IIB rahbariyati va viloyat IIB sohaviy xizmatlarining masʼul xodimlari nomma-nom biriktirilib, ularga kundalik xizmat faoliyatini biriktirilgan mahallada boshlash, mahalla yettiligi bilan birgalikda profilaktik chora-tadbirlar “yo‘l xarita”sini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash topshirildi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati