14 Sentyabr 2025 yil
218
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
14-sentabr kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Gurlan tumani “Navbahor” mahallasida joylashgan sport majmuasi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida atroflicha o‘rganilib, huquqiy tushuntirish berildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati