23 Sentyabr 2025 yil 771

Hududiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Xorazm viloyati bo‘yicha  hududiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda IIV masʼul xodimlari ham bevosita ishtirok etdilar.

Unda  viloyat va shahar-tumanlardagi odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarning faoliyatini o‘rganish davomida aniqlangan holatlar muhokama etildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 21 dekabrdagi PF–210-son Farmoni ijrosini taʼminlash, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy tahlil etildi.

Mazkur yo‘nalishda, hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va bu bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritasining ijrosini sifatli taʼminlash, odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish, komissiyalar ishini samarali yo‘lga qo‘yish hamda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan chora-tadbirlarni yana-da takomillashtirish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida IIV masʼul xodimlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurash faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech