28 Sentyabr 2025 yil
533
Xorazm viloyati IIB rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
28-sentabr kuni Xorazm viloyati IIB rahbariyati tomonidan Qo‘shko‘pir tumanining “Oshoqqalʼa” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida atroflicha o‘rganilib, huquqiy tushuntirish berildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida uch nafar qo‘shko‘pirlik yoshlarga ilk marotaba shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati