"Mahalla yetttiligi" uchun mahorat-darsi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son, 18-avgustdagi PQ-253-son Qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 801-son Qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda, joriy yilning 29-30 sentabr kunlari Xorazm viloyatidagi kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan Urganch shahrining “Mustaqillik” va Yangiariq tumanining “Yangiobod” mahallasida “mahalla yettiligi” vakillarining kasbiy mahoratini oshirish borasida IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomondan amaliy mahorat darslari (master-klass) o‘tkazildi.
Amaliy mahorat darslarida “mahalla yettiligi” vakillariga mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish, ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriladigan shaxslar doirasi va ijtimoiy profilaktika obyektlarini aniqlash, ularga doir maʼlumotlarni “mahalla yettiligi”, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda taqdim etish, amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini yakunlash tartiblari tushuntirib o‘tildi.
Mahorat darslari yakunida IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “mahalla yettiligi” vakillari duch kelayotgan muammolar yuzasidan bir qator tavsiya va yechimlar berib o‘tildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati