5 Oktyabr 2025 yil
158
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi
5-oktabr kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan boshqarma maʼmuriy binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq yigirmadan ortiq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.
Murojaatlarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan murojaatlar esa alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati